Yangiliklar

Turkiya O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishda yetakchi — statistika

Keyingi o‘rinlarda Xitoy, Rossiya va Hindiston turibdi
Qo‘ng‘irotda ishga joylashtirishni va’da qilgan tibbiyot xodimi ushlandi
Turkiya O‘zbekistonda tibbiyot sohasiga sarmoya kiritishda yetakchi — statistika / Foto: Hoover

2026-yil 1-mart holatiga mamlakatda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 140 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar asosan Turkiya tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, ularning soni 27 tani tashkil etadi. Shuningdek, Xitoydan 21 ta, Rossiyadan 18 ta, Hindistondan esa 17 ta korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu davlatlar mamlakatdagi xorijiy sarmoyaning asosiy qismini tashkil etadi va tibbiyot sohasining rivojlanishiga sezilarli hissa qo‘shadi.

Bundan tashqari, Qozog‘istondan 11 ta, Ozarbayjon va Janubiy Koreyadan har biri 10 ta, Qirg‘izistondan 6 ta, BAA va Yaponiya har biri 4 tadan, boshqa davlatlardan esa jami 12 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda. Ushbu raqamlar O‘zbekistonda tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirish va zamonaviy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda xorijiy investitsiyalarning muhimligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda infarkt va insultga qarshi milliy dastur bosqichma-bosqich joriy etilishi haqida yozgan edik.