
27-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
17-martdan 19-martga qadar o‘sish qayd etildi. Asosan, 17-mart kuni dollar 9,59 so‘mga oshib, 12 091,22 so‘mni, 18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 25-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga, 26-mart kuni esa 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 32,97 so‘mga tushib, 14 079,93 so‘mni, rubl esa 1,28 so‘mga tushib, 148,52 so‘mni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan hafta davomida dollar qanday o‘zgargani haqida yozgan edi.