
AQSh prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik Kengashi yig‘ilishiga taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktubda Amerika yetakchisi Mirziyoyevning joriy yil fevral oyida o‘tgan Tinchlik Kengashining ilk yig‘ilishidagi ishtirokini yuqori baholagan. Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti mamlakatda katta natijalarga erishayotgani alohida ta’kidlangan. Tramp O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifi uchun minnatdorlik bildirgan.
AQSh rahbari Mirziyoyevni Mayami shahrida o‘tadigan «G20» sammitida ham ishtirok etishga chaqirgan.
«Yaratgan sizni va O‘zbekistonning buyuk xalqini yorlaqasin», – deyiladi maktubda.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mirziyoyev Toshkentda Tojikiston yetakchisini kutib olgani haqida yozgan edi.