Yangiliklar

Emomali Rahmon Toshkentda qanday kutib olindi — foto

Tojikiston rahbari 26 – 27-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi
Tojikiston rahbari Toshkentda qanday kutib olindi — foto
Foto: Prezident matbuot xizmati

Tojikiston rahbari Emomali Rahmon Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Toshkentga keldi. Tojikiston yetakchisini «Toshkent-Humo» xalqaro aeroportida O‘zbekiston rahbari kutib olgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarildi va faxriy qorovul saf tortdi. Bugun ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishi ham bo‘lib o‘tadi. Tojikiston rahbari 26 – 27-mart kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Foto: Prezident matbuot xizmati

Kursiv Uzbekistan nashri yangi Toshkent hududida «Buyuk Ipak yo‘li» majmuasi qurilishi haqida yozgan edi.