Fabio Kannavaro: Obameyangning yo‘qligi biz uchun muhim emas

26-mart 2026 16:01 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Fabio Kannavaro / Foto: Kursiv Uzbekistan

FIFA Series xalqaro turniri oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro raqib jamoa yulduzi Pyer-Emerik Obameyangning tarkibda yo‘qligiga munosabat bildirdi. Bu haqda Kursiv Uzbekistan muxbiri xabar bermoqda.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Kannavaro Gabon terma jamoasiga qarshi kechadigan bahs oldidan raqibning asosiy yulduzlari, xususan, Obameyang va Leminaning ishtirok etmasligi masalasiga to‘xtalib o‘tdi.

«Gabon safida Obameyangning yo‘qligi biz uchun muhim emas. Men faqat jamoamga e’tibor qarataman va g‘alaba qozonishni istayman. Obameyangni esa dunyodagi eng yaxshi hujumchilardan biri deb bilaman», — dedi bosh murabbiy.

Foto: Kursiv Uzbekistan

Bosh murabbiy Erondagi murakkab vaziyat sababli o‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchilarga yordam berishga harakat qilinayotganini bildirdi. Shuningdek, u oldindagi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida futbolchilarning jismoniy holatiga jiddiy e’tibor qaratilayotganini qayd etdi.

«Agar siz mundialda oson o‘yinlar bo‘lishini kutayotgan bo‘lsangiz, qattiq adashasiz», — deya qo‘shimcha qildi Kannavaro.

Mutaxassis tarkibda yarimhimoyachilar ko‘pligi taktik o‘zgarishlar qilishda qulaylik yaratishini va ular o‘yin tempini butunlay o‘zgartirish imkoniga ega ekanini ta’kidladi. Jarohatlangan o‘yinchilarning tiklanish jarayoni nazoratga olingan bo‘lsa-da, ularning jahon chempionatida ishtirok etishi borasida hozircha aniq qaror yo‘qligi ma’lum qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fabio Kannavaro Italiyada Aliqulov va Masharipov bilan uchrashgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek