GM Janubiy Koreyaga yana $300 mln sarmoya kiritadi

26-mart 2026 17:05 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet avtosalonlari
Foto: GMAutority

General Motors Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish bazasini kengaytirish uchun qo‘shimcha $300 mln investitsiya kiritishini e’lon qildi. Kompaniyaning Koreya sanoatidagi umumiy sarmoyasi $600 mlnga yetdi.

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangi mablag‘ ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi. Jumladan, zavodlarga yangi press uskunalari o‘rnatiladi va ishlab chiqarish jarayonlari yangilanadi. Shuningdek, investitsiya ishchilar uchun xavfsizlik sharoitlarini yaxshilash va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bu esa Chevrolet va Buick brendlari uchun kichik krossoverlar ishlab chiqarishni kuchaytiradi.

GM Koreya rahbariyati ushbu qaror kompaniyaning mamlakatdagi faoliyatiga uzoq muddatli ishonchini ko‘rsatishini ta’kidladi. So‘nggi uch yil davomida barqaror foyda qayd etilgani bu qarorga asos bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GM ehtiyot qismlar bozoriga qaytayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek