Gadjetlar

iQOO Z11 smartfoni rasman taqdim etildi — narx

Narxi $290 dan boshlanadi
iQOO Z11 smartfoni rasman taqdim etildi — narx / Foto: iQOO

iQOO kompaniyasi Xitoyda yangi iQOO Z11 smartfonini rasman taqdim etdi. Bu haqda ITHome nashri ma’lum qildi.

Yangi model besh xil konfiguratsiyada taqdim etilgan bo‘lib, narxlari 8/256 GB uchun $290 dan boshlanib, 16/512 GB talqinida $465 gacha yetadi. Qurilmaning asosiy xususiyati — 9020 mA/soat sig‘imli batareya bo‘lib, bu iQOO smartfonlari orasida eng katta ko‘rsatkich hisoblanadi. Smartfon 90 vattli tezkor zaryadlashni qo‘llab-quvvatlaydi va kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, batareya 20 foizdan 80 foizgacha 44 daqiqada zaryadlanadi.

Foto: iQOO

iQOO Z11 6,83 dyuymli tekis ekran bilan jihozlangan bo‘lib, 1,5K aniqlik va 165 Gts yangilanish chastotasini taklif etadi. Qurilma Dimensity 8500 protsessori asosida ishlaydi, sovitish tizimi esa 7000 mm² bug‘latish kamerasi bilan ta’minlangan. Shuningdek, smartfon IP69 darajasida chang va suvdan himoyalangan, NFC chipi va infraqizil portga ega. Qurilma Android 16 asosidagi OriginOS 6 operatsion tizimida ishlaydi.

Foto: iQOO

Asosiy variantlar narxi quyidagicha:

  • 8/256 GB — taxminan $290
  • 12/256 GB — taxminan $335
  • 16/256 GB — taxminan $375–$380
  • 12/512 GB — taxminan $405–$410
  • 16/512 GB — taxminan $465

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung rasman Galaxy A57 va A37 smartfonlarini taqdim etgan edi.