Yangiliklar

O‘zbekiston va Tojikiston Strategik sheriklik bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzoladi

Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishi yakunlandi
O‘zbekiston va Tojikiston Strategik sheriklik bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzoladi / Foto: President.uz

O‘zbekiston va Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tadbirda Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon Strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini kengaytirish to‘g‘risida qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shuningdek, hukumatlar, vazirliklar va idoralar darajasida ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator hujjatlar imzolandi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Ushbu hujjatlar to‘plamiga tovar ayirboshlashni oshirish dasturi, sanoat kooperatsiyasi dasturi, tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish elektron tizimlarini o‘zaro qo‘llash to‘g‘risida bitim, sog‘liqni saqlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida bitim, chegaraoldi hududlarda radiochastotalarni muvofiqlashtirish to‘g‘risida bitim va «O‘zbekiston – Tojikiston investitsiya kompaniyasi»ni tashkil etish bo‘yicha hukumatlararo bitimga o‘zgartirishlar kiritish bayonnomasi kiradi.

Foto: President.uz
Foto: President.uz
Foto: President.uz

Shuningdek, «E-Permit» axborot tizimidan foydalanish, fanlar akademiyalari o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik, sanoat va innovatsiyalar, tog‘-kon sanoati va yangi texnologiyalar, madaniyat, turizm va agrosanoat majmuida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi hamda innovatsiya, davlat xizmati, moliya, ta’lim va sud qarorlarini majburiy ijro etish sohalarida memorandumlar imzolandi. Ushbu hujjatlar ikki tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash va iqtisodiy, ilmiy hamda madaniy sohalarda hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yangi Toshkentdagi ko‘chaga Dushanbe nomi berilishi, poytaxtda esa turarjoy majmuasi barpo etilishi haqida yozgan edik.