Yangiliklar

O‘zbekistonliklar uchun Italiyada mavsumiy ish o‘rinlari ochiladi

Ushbu loyiha doirasida joriy yilning o‘zida 100 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minlanadi
Foto: Pexels

O‘zbekistonliklarni Italiya qishloq xo‘jaligi sohasida mavsumiy ishlarga jalb etish bo‘yicha muhim kelishuvga erishildi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar bermoqda.

Kelishuv agentlik rahbari Behzod Musayev, qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov va Italiya qishloq xo‘jaligi vaziri Franchesko Lollobrijida ishtirokida tuzilgan. Bitimga ko‘ra, o‘zbekistonliklar Italiyaga 3 oydan 9 oygacha bo‘lgan mavsumiy ishga yuboriladi.

Foto: Migratsiya agentligi

Confagricoltura tashkiloti Italiyadagi yirik meva-sabzavot kompaniyalarini birlashtiradi. Ular fermerlikdan tortib eksportgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Asosiy mahsulotlar qatoriga olma, kivi, anor va qulupnay kiradi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu loyiha doirasida joriy yilning o‘zida 100 nafar o‘zbekistonlik ish bilan ta’minlanadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri o‘zbekistonliklar uchun AQShda mavsumiy ish ochilishi haqida yozgan edi.