Gadjetlar

Redmi 15C katta sig‘imli batareyali smartfonlar bozorida yetakchi modelga aylandi

2026-yil yanvar holatiga ko‘ra, smartfonlar batareyasining o‘rtacha sig‘imi 5291 mA·soatga yetgan
Foto: Redmi

Counterpoint Research ma’lumotlariga ko‘ra, Redmi 15C 4G katta sig‘imli 6000 mA·soat va undan yuqori batareyali smartfonlar bozorida yetakchilik qilmoqda. Bu haqda tadqiqot markazi rasmiy sahifasida xabar berdi.

2026-yil yanvar holatiga ko‘ra, smartfonlar batareyasining o‘rtacha sig‘imi 5291 mA·soatga yetgan. Bu ko‘rsatkich bir yil ichida qariyb 400 mA·soatga oshib, so‘nggi yillardagi eng katta o‘sishlardan biriga aylandi.

Shuningdek, sig‘imi 6000 mA·soat va undan yuqori bo‘lgan smartfonlar ulushi jahon bozorida keskin oshib, hozirda 29 foizni tashkil qilmoqda. Bir yil avval mazkur ko‘rsatkich atigi 10 foiz edi.

Bunday o‘sish yangi kremniy-uglerod (silicon-carbon) batareya texnologiyasi bilan izohlamoqda. Ushbu texnologiya qurilma hajmini sezilarli kattalashtirmasdan sig‘imni oshirish imkonini beradi.

Katta sig‘imli batareyali smartfonlar segmentida, asosan, Xitoy brendlari yetakchilik qilmoqda. Jumladan, Xiaomi, Vivo, Oppo va Honor modellari eng ko‘p sotilganlar qatoriga kirgan.

Eng ommabop model esa Redmi 15C 4G bo‘lib, u katta sig‘imli batareyali smartfonlar orasida yetakchiga aylangan.

Shu bilan birga, Xitoyda smartfonlar batareyasi sig‘imi dunyoning boshqa hududlariga nisbatan o‘rtacha 1000 mA·soatga yuqori. Biroq 2026-yilda o‘sish sur’atlari biroz sekinlashishi mumkin – bunga komponentlar narxining oshishi va xotira tanqisligi sabab bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Redmi 15C 5G smartfoni 180 yevro narxda savdoga chiqqani haqida yozgandi.