
Sirdaryo viloyatida 112,5 mln so‘mlik dori vositalarining noqonuniy savdosi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro va boshqalar 1,5 ming konvalyutadagi 7,5 ming dona sifati kafolatlanmagan «Mesopril Kit» nomli dori vositasini dorixonalardan tashqarida fuqaroga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda 126 mln so‘mlik noqonuniy dori savdosi fosh etilgan edi.