Sport tadbirlari munosabati bilan poytaxtdagi ayrim ko‘chalar yopiladi
eʼlon qilindi
28-mart va 3-5-aprel kunladi

Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati hamda «International Tashkent Marathon – 2026» tadbirlari munosabati bilan poytaxtdagi bir qator ko‘chalarda transport vositalari harakati cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Shu munosabat bilan haydovchilar quyidagi vaqt va hududlarda yo‘l harakati cheklanishini inobatga olishlari so‘raladi:
28-mart soat 08:00 dan 12:00 gacha:
- Yangi O‘zbekiston ko‘chasi — CAU universiteti oldidan Parkent avtomagistraligacha.

3-aprel soat 16:00 dan 5-aprel, soat 14:00 gacha:
- Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Beshyog‘och ko‘chasi kesishmasigacha.

5-aprel soat 02:00 dan 13:00 gacha:
- Beshyog‘och ko‘chasi — Furqat ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi — I.Karimov ko‘chasi kesishmasidan Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Sh.Rashidov ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan I.Karimov ko‘chasi kesishmasigacha;
- Afrosiyob ko‘chasi — Sh.Rashidov ko‘chasi kesishmasidan Shahrisabz ko‘chasi kesishmasigacha;
- Shahrisabz ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi kesishmasidan A.Temur shoh ko‘chasi kesishmasigacha;
- Oybek ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasi kesishmasidan Nukus ko‘chasi kesishmasigacha;
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi kesishmasidan Istiqbol ko‘chasi kesishmasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Istiqbol ko‘chasi kesishmasidan Abay ko‘chasi kesishmasigacha.

Shahar hokimligi haydovchilardan ushbu cheklovlarni e’tiborga olib, harakat yo‘nalishlarini oldindan rejalashtirishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi qurilish mollari do‘konida yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgan edik.