Yangiliklar

Tojikistonlik shashmaqom ansambli rahbari «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi

So‘g‘d viloyati «Nuri niyogon» shashmaqom ansambli rahbarini
Shavkat Mirziyoyev ikki nafar qishloq xoʻjaligi faolini «Doʻstlik» ordeni bilan mukofotladi
Tojikistonlik shashmaqom ansambli rahbari «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi / Foto: Press markazi

Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi So‘g‘d viloyati «Nuri niyogon» shashmaqom ansambli rahbari Nabiyev Shuhratjon Jurabekovichni davlat mukofoti bilan taqdirladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Farmonga muvofiq, Shuhratjon Nabiyev o‘zining uzoq yillik samarali ijodiy faoliyati, maqom san’atini rivojlantirish va ommalashtirishdagi hissasi, shuningdek, o‘zbek xalqining boy madaniy va ma’naviy merosini xalqaro hamjamiyatga targ‘ib etishdagi faol ishtiroki uchun O‘zbekiston Respublikasining «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlanadi.

Mirziyoyev ta’kidlaganidek, ushbu mukofot ansambl rahbarining mushtarak qadriyat va an’analarni asrab-avaylash, madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish yo‘lidagi ibratli faoliyatini e’tirof etish maqsadida berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serena Pharma ta’sischisi «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlangan edi.