Курсив Reseach

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi — foto

O‘zbekiston va Tojikiston prezidentlari ishtirokida
Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi / Foto: President.uz

Tojikiston Respublikasi prezidentining davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Marosimda Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi prezidenti Emomali Rahmon ishtirok etib, ramziy tasmani kesish orqali diplomatik vakolatxonaning yangi binosini rasman ochdilar.

Foto: President.uz
Foto: President.uz

Shundan so‘ng yetakchilar elchixona va konsullik bo‘limining ma’muriy binolari, elchi qarorgohi hamda diplomatlar va ularning oila a’zolari uchun mo‘ljallangan turarjoylardan iborat majmua bilan tanishdilar.

Foto: President.uz
Foto: President.uz

Tadbir yakunida prezidentlar Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib, elchixona hududiga daraxt ekdilar. Ushbu marosim ikki davlat o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga bo‘lgan intilish qat’iy ekanini tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Tojikiston Strategik sheriklik bo‘yicha qo‘shma bayonotni imzolagan edi.