
26-mart kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan qurilish mollari sotiladigan do‘konda yong‘in kelib chiqdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, yong‘in haqida soat 18:15 da xabar kelib tushgan. Voqea joyiga qutqaruv ekipajlari soat 18:24 da yetib bordi va soat 18:36 da yong‘in qurshab olingan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Yong‘inni o‘chirish ishlari davom ettirildi va soat 18:42 da to‘liq o‘chirilgan. Vaziyat butunlay nazoratga olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Park in Mall oilaviy ko‘ngilochar savdo markazida yong‘in sodir bo‘lgan edi.