
O‘zbekistonda avtomobil orqali xalqaro yuk va yo‘lovchi tashishga ruxsatnomalar berish tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Yangi nizom ruxsatnomalarni berish, ayirboshlash va ulardan foydalanish qoidalarini belgilaydi. U milliy va xorijiy tashuvchilarga tatbiq etiladi. Hujjatga ko‘ra, ruxsatnomalarda tashish turi va foydalanish shartlari aniq ko‘rsatiladi.
Ruxsatnomalar bir necha turga bo‘linadi. Ular ikki tomonlama va tranzit yuk tashish, uchinchi davlatga yuk olib o‘tish hamda universal shakllarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, yo‘lovchilarni nomuntazam tashish uchun alohida ruxsatnomalar ham mavjud. Ular ikki tomonlama va tranzit qatnovlar uchun beriladi.
Muntazam yo‘lovchi tashish esa davlatlar o‘rtasidagi alohida kelishuv asosida tashkil etiladi. Yangi tartib xalqaro tashuvlar tizimini tartibga solish va nazoratni kuchaytirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan avtomobilda itni olib yurish qanday holatda jarimaga sabab bo‘lishi haqida yozgan edi.