Avto

Yangi Audi A6L avtomobili sotuvga chiqdi — narx, foto

Yuqori versiyalarda gibrid tizim mavjud
Yangi Audi A6L avtomobili sotuvga chiqdi — narx, foto
Foto: Audi

Germaniyaning Audi kompaniyasi yangilangan Audi A6L modelini Xitoy bozorida sotuvga chiqardi. Model narxi 322,9 ming yuan ($46,7 ming)dan boshlanadi.

Yangi sedan Xitoy bozori uchun uzaytirilgan kuzov bilan taqdim etildi. Uning uzunligi 5,14 metrga yetgan. Model zamonaviy dizayn oldi. Old qismi yirik panjara bilan ajralib turadi. Orqa qismida esa ikki qavatli fonarlar mavjud.

Foto: Audi

Salon uchta ekran bilan jihozlangan. Markaziy displey 14,5 dyuymni tashkil etadi. Qo‘shimcha ravishda haydovchi va yo‘lovchi uchun alohida ekranlar mavjud.

Avtomobil ilg‘or haydovchi yordam tizimlariga ega. U lidar, radar va kameralar bilan jihozlangan. Texnik jihatdan model bir nechta variantda taklif etiladi. Bazaviy versiya 2 litrli dvigatel bilan 201 ot kuchi ishlab chiqaradi.

Foto: Audi

Yuqori versiyalarda gibrid tizim mavjud. Eng kuchli variant 3 litrli V6 dvigatel va elektr motor kombinatsiyasiga ega. Ushbu versiyaning umumiy quvvati 386 ot kuchiga yetadi. 0 dan 100 km/soatgacha 4,6 soniyada tezlashadi. Eng yuqori komplektatsiya narxi 435,9 ming yuan ($63,1 ming)ni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Audi A6L narxi 17,7 ming dollarga arzonlashgani haqida yozgan edi.