Lifestyle

«Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkaziladi

7 ta sport turi bo‘yicha
«Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi» sport musobaqalari o‘tkaziladi / Foto: Gymnasium

OTM talabalari o‘rtasida «Yangi Oʻzbekiston talabalari Olimpiadasi» sport musobaqalari tashkil etiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.

Mazkur musobaqalar oliy ta’lim tashkilotlari talaba-yoshlarini sportga keng jalb etishga qaratilgan bo‘lib, Sport vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Milliy olimpiya qo‘mitasi hamkorligida tashkil etiladi.

Olimpiada uch bosqichda o‘tkaziladi:

  • oliy ta’lim tashkilotlari miqyosida — 1 – 30-aprel;
  • hududiy bosqich — 1 – 15-may;
  • respublika finali — 1 – 10-iyun.

Musobaqalar 7 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi: basketbol 3×3, voleybol, gandbol, yengil atletika, stol tennisi, suzish va futbol. Ishtirokchilar yurtimizdagi barcha davlat, xususiy va xorijiy oliy ta’lim tashkilotlaridan bo‘ladi.

Musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida oliy ta’lim muassasalarida jamoalar shakllantiriladi, sport infratuzilmasi tayyorlanadi, hakamlik, xavfsizlik va tibbiy xizmatlar ta’minlanadi, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng targ‘ib etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2025-yilda O‘zbekiston davlat OTMlarining daromad va zarar ko‘rsatkichlari ma’lum qilingan edi.