Yangiliklar

Yil boshidan buyon qancha o‘zbekistonlik Turkiyaga bordi

2026-yilning dastlabki ikki oyida Turkiyaga safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 34 mingdan oshdi
Foto: Pexels.com

2026-yilning yanvar va fevral oylarida jami 34,6 ming nafar o‘zbekistonlik turistik hamda boshqa maqsadlarda Turkiyaga tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Joriy yildagi tashriflar soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming kishiga ko‘paygan. Raqamlar dinamikasi o‘sish tendensiyasini ko‘rsatmoqda. Fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligi, ya’ni 28,4 ming nafari mamlakatga sayohat maqsadida borgan.

Undan keyingi o‘rinda qarindoshlarni yo‘qlash maqsadi qayd etilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 5,3 ming kishini tashkil qildi. Shuningdek, xabarga ko‘ra, tashrif buyurganlarning 311 nafari xizmat yuzasidan, 300 nafari o‘qish va 243 nafari davolanish maqsadida Turkiyaga borgan.

Avvalroq o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan mamlakatlar haqida xabar berilgan edi.