Banklar va moliya

Fevral oyida banklardagi NPL miqdori 4,6 foizga yuqoriladi

Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 19,4 trln so‘mni tashkil etgandi
NPL
Foto: MaksLab / depositphotos.com

1-mart holatiga ko‘ra, fevral oyida banklardagi muammoli kreditlar (NPL) umumiy miqdori 20,3 trln so‘mga oshgan. Bu ko‘rsatkich yanvar oyi bilan solishtirilganda 4,6 foizga foizga, ya’ni qariyb 897 mlrd so‘mga yuqorilagan. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 19,4 trln so‘mni tashkil etgandi.

Jami kreditlardagi NPL ulushi 3,3 foizga oshdi. Yanvar oyida bu ko‘rsatkich 3,2 foizni tashkil qilgan. 1-mart holatiga ko‘ra, banklarning kredit portfeli 613,7 trln so‘mni tashkil qilgan. Yanvar oyiga nisbatan 3,3 trln so‘mga oshgan.

Davlat banklarida

Muammoli kreditlarning asosiy qismi davlat ulushi mavjud banklarga to‘g‘ri kelmoqda. Ularning jami miqdori 14,7 trln so‘mdan ortiqni tashkil qilgan. Bu yanvar oyiga nisbatan 1 trln so‘mga ko‘p.

Davlat banklari orasida qaytarilmayotgan kredit qarzdorligi eng yuqori bank sifatida fevral oyida ham «O‘zmilliybank» 3,5 trln so‘m bilan yetakchilik qilgan. Bankning jami kreditlardagi NPL ulushi esa 2,9 foizdan 3,3 foizga oshgan.

Shuningdek, «Agrobank»da 2,7 trln so‘m (NPL 3,2%), «O‘zsanoatqurilishbank»da 2,4 trln so‘m (3,6%), «Asaka bank»da 1,8 trln so‘m (4,5%) va Xalq bankida 1 trln so‘mga (2,9%) yetgan.

Xususiy banklarda

Xususiy banklarda kredit portfeli 1,8 trln so‘mga oshib, 203,3 trln so‘mga yetgan bo‘lsa, NPL miqdori esa 5,5 trln so‘mga pasaygan. Kredit portfelidagi umumiy ulush 2,7 foizga kamaygan.

Muammoli kreditlar ko‘rsatkichi yuqori banklar qatorida «Ipoteka-bank» 1 trln so‘m (portfeldagi ulushi 3,1%) so‘m bilan yetakchi o‘rinda turibdi.

Xususiy banklarda kredit portfelida muammoli kreditlar ulushi yuqori banklar esa quyidagilar:

  • «Poytaxt bank» – 32,6% (muammoli kreditlar 83 mlrd so‘m);
  • «Garant bank» – 12,1 % (182 mlrd so‘m);
  • «TBC bank» – 6,7% (624 mlrd so‘m).

Ma’lumot uchun, muammoli kredit (NPL) deb to‘lov muddati 90 kundan oshgan va qaytarilmayotgan kreditlarga aytiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan yanvar oyida qaysi banklarda muammoli kreditlar miqdori yuqori ekani ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.