
Apple kompaniyasi Gemini modelidan foydalanishda to‘liq imkoniyatlarga ega bo‘ldi. Bu haqda The Information nashri xabar berdi.
Kelishuv doirasida Apple distillyatsiya usulidan foydalanadi. Ya’ni katta model bilimlarini kichikroq modellariga o‘tkazadi. Bu orqali yangi neyron tarmoqlar Gemini’ning javoblarini emas, balki uning ishlash mexanizmini o‘rganadi.
Natijada bunday ixcham modellar qurilmalarning o‘zida tezroq ishlaydi va kamroq resurs talab qiladi. Shu bilan birga, Apple o‘zining ichki sun’iy intellekt tizimlarini ishlab chiqishni ham davom ettirmoqda.
Yangilangan Siri taqdimoti iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC konferensiyasida kutilmoqda. Yangi versiyada yordamchi foydalanuvchi bilan avvalgi suhbatlarni eslab qolish va vaziyatga qarab foydali takliflar berish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Google Gemini ilovasiga SI orqali musiqa yaratish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.