
AQShning Yevropadagi ittifoqchilari hamda Kanada 2025-yilda mudofaa xarajatlarini sezilarli darajada oshirdi. AQShdan tashqari barcha davlatlarning umumiy hissasi rekord darajaga — $574 mlnga yetdi.
O‘tgan yili NATO mudofaa uchun jami $1,63 trln sarfladi. Shundan $980 mlrdi Vashington, $574 mln esa alyansning qolgan a’zolari hissasiga to‘g‘ri keldi. 2024-yilda AQShdan tashqari NATO a’zolarining umumiy harbiy xarajatlari miqdori $480 mlrdni tashkil qilgan.
Polsha, Litva, Latviya, Estoniya, Daniya, Norvegiya va AQSh xarajatlari YIMning 3 foizidan oshgan. Germaniyaning mudofaa xarajatlari 2025-yilda YIMning 2,39 foizini tashkil etdi. Mablag‘ miqdori bo‘yicha Germaniya faqatgina AQShdan ortda qolmoqda.
2025-yilning iyun oyida NATO davlatlari 2035-yilgacha mudofaa xarajatlarini YIMning 5 foiziga yetkazish bo‘yicha kelishuvga erishgan. Ushbu mablag‘ning 3,5 foizi klassik mudofaa ehtiyojlariga sarflanishi kerak. Qolgan 1,5 foizi esa terrorizmga qarshi kurash va harbiy maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan infratuzilmani rivojlantirishga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Fransiya NATO mashg‘ulotlarini Grenlandiyada o‘tkazishni taklif qilgani haqida xabar bergan edi.