
Chevrolet Tahoe 2026 modeli yangi rang bilan yangilandi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda. Model uchun Polar White Tricoat nomli yangi bo‘yoq varianti taqdim etildi.
Yangi rang faqat yuqori komplektatsiyalarda mavjud. U Premier va High Country versiyalariga qo‘shilgan. Qo‘shimcha narxi $1 mingdan oshadi.
Mazkur rang avvalgi Iridescent Pearl Tricoat o‘rnini egalladi. U 2016-yildan beri taklif qilinib kelayotgan edi. Yangi rang barcha salon variantlari bilan mos keladi. Jumladan, qora va kulrang kombinatsiyalar bilan uyg‘unlashadi. Umuman olganda, Tahoe endi 8 xil rangda taklif etiladi. Bu xaridorlarga kengroq tanlov imkonini beradi.

Modelning texnik qismi o‘zgarishsiz qolgan, u uch xil dvigatel bilan taklif etiladi. Bazaviy versiya 5,3 litrli V8 motor bilan jihozlangan. Shuningdek, 6,2 litrli V8 va 3,0 litrli dizel variantlari ham mavjud. Tahoe GM’ning T1 platformasida ishlab chiqariladi. Avtomobil AQShdagi Arlington zavodida yig‘iladi.
2026-yilgi model kichik yangilanishlar bilan chiqdi. Ular orasida yangi dizayn paketi va kalit kartasi funksiyasi ham bor.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri GM 2026-yilda Chevrolet Tahoe bo‘yicha qaytarib olish kampaniyasini kengaytirgani haqida yozgan edi.