Yangiliklar

Dollar haftani o‘sish bilan boshlaydi: 30-mart uchun valyutalar kursi e’londi

27-mart kuni dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni tashkil etgan edi
Foto: Depositphotos

30-mart uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar 15,63 so‘mga oshib, 12 195,50 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.

18-martda 37,79 so‘mga oshib, 12 129,01 so‘mni va 19-martda 49,84 so‘mga oshib, 12 178,85 so‘mni tashkil etdi. 24-mart kuni 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga, 25-mart kuni esa 3,94 so‘mga oshib, 12 196,00 so‘mga, 26-mart kuni esa 24,39 so‘mga pasayib, 12 171,61 so‘mga yetdi. 27-mart kuni esa dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘mni tashkil etgan edi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 30,71 so‘mga tushib, 14 049,22 so‘mni, rubl esa 1,19 so‘mga tushib, 149,71 so‘mni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan 27-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.