Yangiliklar

Dollar kursi hafta davomida qanchaga pasaydi

AQSh valyutasi o‘zgaruvchan dinamikani namoyish etdi
Dollar kursi hafta davomida qanchaga pasaydi
Foto: Depositphotos

O‘zbekistonda dollar kursi so‘nggi kunlarda keskin emas, ammo o‘zgaruvchan dinamikani namoyish etdi. «Kursiv» nashri AQSh valyutasining hafta davomidagi o‘zgarishini o‘rgandi.

24-mart kuni AQSh valyutasi 13,21 so‘mga oshib, 12 192,06 so‘mga yetdi. Keyingi kun, 25-martda ham o‘sish davom etdi. Dollar yana 3,94 so‘mga qimmatlashib, 12 196,00 so‘mni tashkil etdi. Shundan so‘ng bozorda qisqa muddatli pasayish kuzatildi.

26-mart kuni dollar kursi 24,39 so‘mga tushib, 12 171,61 so‘mgacha pasaydi. Bu haftadagi eng katta pasayishlardan biri bo‘ldi. 27-martga kelib esa kurs yana tiklana boshladi. Dollar 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘m darajasida shakllandi. Umuman olganda dollar kursi hafta davomida 12,19 so‘mga pasaydi.

Birjada narxning o‘zgarishi

Valyuta birjasidan ekran tasviri

Sotuvlar hajmi qanday bo‘ldi

Valyuta birjasida umumiy hafta davomida 8,71 trln so‘mlik dollar savdo qilindi.

Jadval:

SanaSavdo hajmi (trln so‘m)
24-fevral1,94
25-fevral2,04
26-fevral1,73
27-fevral2,80
Jami8,71

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 30-mart uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.