Janubiy Koreya ilk seriyali qiruvchi samolyotini namoyish etdi

Janubiy Koreya o‘zining ilk seriyali KF-21 Boramae qiruvchi samolyotini rasman taqdim etdi. Bu haqda TWZ nashri xabar berdi.
Bu loyiha qisqa vaqt ichida amalga oshirilgani bilan e’tibor tortmoqda, ya’ni birinchi prototipdan buyon atigi besh yil o‘tgan.
Yangi samolyot ikki o‘rindiqli bo‘lib, u Korea Aerospace Industries korxonasi shtab-kvartirasida o‘tkazilgan marosimda namoyish etildi. KF-21 Boramae nomi bilan ham tanilgan bo‘lib, bu koreys tilida lochin degan ma’noni anglatadi.
Mamlakat rahbari Li Jae-myung ushbu qiruvchini milliy mudofaa salohiyatini mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. U Janubiy Koreyani global mudofaa sanoatida yetakchi davlatlardan biriga aylantirish niyatini ham ta’kidladi.
KF-21 to‘liq beshinchi avlod samolyoti sifatida emas, balki 4,5-avlod toifasiga kiritiladi. Shu sababli unda maxfiylik va sensorlar integratsiyasi darajasi F-35 Lightning II kabi zamonaviy qiruvchilarnikidan pastroq.
Rejalarga ko‘ra, Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlari 2028-yilgacha 40 ta, 2032-yilgacha esa jami 120 ta KF-21 samolyotini qabul qilib oladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan GM Janubiy Koreyaga yana $300 mln sarmoya kiritishi haqida yozgandi.