Avto

Jeep 60-yillik safari tadbiri uchun 6 ta konseptni ko‘rsatdi

Easter Jeep Safari 28-martdan 5-aprelgacha AQShning Moab shahrida bo‘lib o‘tadi
Jeep 60-yillik safari tadbiri uchun 6 ta konseptni ko‘rsatdi
Foto: Jeep

Jeep kompaniyasi an’anaviy Easter Jeep Safari oldidan oltita yangi konseptni taqdim etdi. Tadbir bu yil 60-marta o‘tkaziladi.

Modelar Mopar Jeep Performance Parts bilan hamkorlikda yaratilgan. Ular brendning 85 yilligiga bag‘ishlangan. Asosiy yangiliklardan biri — Wrangler Anvil 715. U klassik 60-yillar uslubida ishlab chiqilgan. Kapoti ostida 6,4 litrli V8 motor bor.

Foto: Jeep

XJ Pioneer esa eski Cherokee asosida qayta tiklangan. Dizayni saqlangan, lekin texnikasi yangilangan. Gladiator Red Rock off-road uchun mo‘ljallangan pikap. U katta g‘ildiraklar va yuk tizimi bilan ajralib turadi.

Wrangler Buzzcut esa yorqin rang va sport uslubga ega. U qisqartirilgan tom va agressiv dizayn bilan taqdim etildi.

Foto: Jeep

Grand Wagoneer Commander esa hashamatli ko‘rinishni saqlagan. Shu bilan birga yo‘ldan tashqari imkoniyatlari kuchaytirilgan. Yana bir model Wrangler Laredo bo‘lib, u klassik va analog uslubga urg‘u beradi. Unda mexanik uzatma ham mavjud.

Easter Jeep Safari 28-martdan 5-aprelgacha AQShning Moab shahrida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2026-yilning eng ishonchsiz avtomobillari e’lon qilingani haqida yozgan edi.