Yangiliklar

Mirziyoyev va Emomali Rahmon «Shoyigul» brendi mahsulotlari bilan tanishdi

Merganteks paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi Nigora fabrikasi mahsulotlari
Foto: Prezident.uz

Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Buxoro viloyatidagi zamonaviy to‘qimachilik korxonasiga tashrif buyurib, yengil sanoatdagi imkoniyatlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident.uz

Davlat rahbarlari Merganteks paxta-to‘qimachilik klasteri tarkibidagi Nigora fabrikasida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini ko‘zdan kechirdi. $35 millionlik loyiha asosida tashkil etilgan korxonada paxtani qayta ishlashdan tortib, tayyor kiyim ishlab chiqarishgacha bo‘lgan to‘liq sikl yo‘lga qo‘yilgan.

Foto: Prezident.uz

Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar «Shoyigul» brendi ostida Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. Xususan, Italiya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Germaniya bozorlariga yetkazib berilmoqda. Hozirda bu yerda 800 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan.

Foto: Prezident.uz

Fabrikada Xitoy, Germaniya va Belgiyadan olib kelingan zamonaviy uskunalar o‘rnatilgan. Kelgusida ishlab chiqarishni kengaytirib, sintetik tolalar asosida mahsulotlar tayyorlash ham rejalashtirilgan.

Tashrif davomida prezidentlar korxona mahsulotlari namoyishini ko‘zdan kechirdi va ikki mamlakat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish muhimligini ta’kidladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri O‘zbekiston va Tojikiston rahbarlari Buxorodagi tarixiy obidalarni ziyorat qilgani haqida yozgandi.