O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi xalqaro bitimlar tasdiqlandi

Prezident qarori bilan Serbiya bilan imzolangan bir qator xalqaro bitimlar rasmiy ravishda tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Qaror bilan 2025-yil 28-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan O‘zbekiston va Serbiya hukumatlari o‘rtasidagi ikki muhim bitim tasdiqlandi. Ulardan biri investitsiyalarni rag‘batlantirish va o‘zaro himoya qilish to‘g‘risidagi bitim, ikkinchisi esa iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimdir.
Qarorga muvofiq, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mazkur xalqaro bitimlarni amalga oshirish uchun vakolatli organ etib belgilandi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi va tegishli vazirlik hamda idoralar rahbarlari shartnomalar kuchga kirgach, ularning qoidalari ijrosi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Ozarbayjon investitsiya bitimi yangilangan edi.