
2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda jami 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Milliy statistika qo‘mitasi mazkur korxonalarning iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha taqsimotini ma’lum qildi.
Eng ko‘p korxonalar savdo sohasida faoliyat yuritib, 156 796 ta korxona bilan O‘zbekiston korxonalari orasida umumiy sonning taxminan 27 foizini tashkil qiladi. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 32,6 foizini tashkil qilgan edi.
127 071 ta korxona qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida faol, sanoat sohasida 61 062 ta korxona ishlamoqda. Qurilish sohasida 31 372 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 31 350 ta korxona mavjud.
Shuningdek, tashish va saqlash sohasida 17 737 ta, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 14 538 ta, axborot va aloqa sohasida 12 391 ta korxona faoliyat yuritadi. Boshqa sohalarda esa 124 477 ta korxona ishlamoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondagi xorijiy korxonalar soni 18 mingdan oshgani haqida yozgan edik.