Yangiliklar

Polshada 3,6 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassisga talab borligi ma’lum bo‘ldi

Varshavada o‘tkazilgan taqdimotda 20 dan ortiq yirik rekruyting va ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi
Polsha delegatsiyasi O‘zbekistonga Stalin davridagi deportatsiya qurbonlarini xotirlash uchun tashrif buyurdi
Foto: Wikipedia

Polsha kompaniyalari turli sohalar uchun 3600 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassisni ishga jalb etishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, Polsha kompaniyalari o‘zbekistonlik mutaxassislarni ishga jalb qilishga katta qiziqish bildirmoqda. Varshavada o‘tkazilgan taqdimotda 20 dan ortiq yirik rekruyting va ish beruvchi tashkilotlar ishtirok etdi.

Muzokaralar davomida Polsha tomoni real ehtiyojlarini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, logistika sohasida 2ming nafar, xizmat ko‘rsatishda 800 nafar, sanoatda 600 nafar hamda qurilishda 200 nafar ishchi kerakligi bildirildi. Umumiy hisobda 3,6 mingga yaqin mutaxassisni ish bilan ta’minlash imkoniyati mavjud.

Tadbirda ishtirok etgan kompaniyalar O‘zbekistonni istiqbolli hamkor sifatida baholab, mamlakatdan ishchi kuchini jalb qilishga tayyor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, viza tartiblarini soddalashtirish va mehnat migratsiyasini yanada tartibli yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Migratsiya agentligi va tegishli tashkilotlar ishtirokida B2B uchrashuvlarini davom ettirishga kelishib olindi. Bu esa fuqarolarning Polshada xavfsiz va qonuniy ishlash imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Polshadagi universitet Andijondagi filialiga 2,3 million dollar sarmoya kiritishi haqida yozgandi.