
2026–2029-yillarda Superliga va Proligada faoliyat yurituvchi futbolchilar daromad solig‘idan ozod qilinadi. Bu haqda sport sohasini rivojlantirish va moliyalashtirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan yangi qaror qabul qilindi.
Shuningdek, qaror bilan Sport vazirligi huzurida tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etiladi.
Unga ko‘ra, 1-apreldan boshlab, sport federatsiyalari faoliyatiga homiy sifatida kamida 20 foiz mablag‘ kiritgan tadbirkorlar ularning boshqaruv organlariga jalb etiladi. Shuningdek, professional futbol klublariga shuncha miqdorda homiylik qilgan tadbirkorlar klubni ishonchli boshqaruv asosida yuritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Futbolchilar ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi esa atigi 1 foiz etib belgilanadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan sportchi va trenerlarga bir martalik hamda oylik to‘lovlar joriy etilishi haqida yozgandi.