Avto

Volga o‘z avtomobilini qachondan ishlab chiqaradi

Kompaniya 2026-yilda 130 ta dilerlik markazi ochilishi kutilmoqda
Volga o‘z avtomobilini qachondan ishlab chiqaradi
Foto: Volga

Qayta tiklangan Volga brendi 2028-yilda o‘z avtomobilini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda «Tarantas Nyus» nashri ma’lum qildi.

Nashrning qayd etishicha, kompaniya yaqin yillarda ishlab chiqarishni bosqichma-bosqich oshiradi. 2026-yilda 30 mingta avtomobil chiqarish rejalangan. 2027-yilga borib ishlab chiqarish hajmi 80 mingtaga yetkaziladi. Bu brendning bozorga jiddiy kirib kelishini anglatadi.

Kompaniya dilerlik tarmog‘ini ham kengaytirmoqda. 2026-yilda 130 ta dilerlik markazi ochilishi kutilmoqda. Keyingi yil ularning soni 150 taga yetadi. Bu Volga savdo infratuzilmasini tez rivojlantirayotganini ko‘rsatadi.

Foto: Volga

Brend o‘zini premium segmentda joylashtirmoqchi. Bu esa Volga uchun yangi bosqich bo‘lishi mumkin. Avvalroq qayta tiklangan Volga brendi ostidagi ilk avtomobil konveyerga qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Volga ilk krossoveri K50 modelini taqdim etgani haqida yozgan edi.