Yangi Damas 3 Meksikada qanday imkoniyatlarga ega — sharh

27-mart 2026 17:58 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Yangi Damas 3 avtomobili qanday imkoniyatlarga ega — sharh
Foto: Chevrolet

«UzAuto Motors» AJ tomonidan ishlab chiqarilishi boshlangan yangi Damas 3 (Chevrolet Damas Move) avtomobili aslida bir nechta davlatlarda turlicha nom bilan sotiladi. «Kursiv» Meksika bozorida Chevrolet Tornado Van 2026 ((Chevrolet Damas Move) nomi ostida sotilayotgan modelning texnik imkoniyatlarini o‘rganadi.

Model tashqi tomondan minimalistik dizaynga ega bo‘lsa-da, uning asosiy ustunligi funksionalligida. Avtomobil ichki qismi oddiy, lekin kundalik foydalanish uchun yetarli darajada qulay. Rul uch shoxli va plastik bilan qoplangan bo‘lib, sozlanmaydi. Salon esa ikki o‘rindiqli, amaliy va ortiqcha elementlarsiz ishlab chiqilgan.

Foto: Chevrolet

Texnik imkoniyatlar

Texnik jihatdan Tornado Van 2026 1,5 litrli benzin dvigatel bilan jihozlangan. U 103 ot kuchi ishlab chiqaradi. Maksimal aylanish momenti 108 lb-ft bo‘lib, 3600 aylanishda hosil bo‘ladi. Avtomobil 6 pog‘onali mexanik uzatma bilan taqdim etiladi. Yoqilg‘i baki hajmi 45 litrni tashkil etadi, old osma esa MacPherson tizimiga asoslangan.

Modelning eng katta ustunliklaridan biri — yoqilg‘i tejamkorligi. Shahar sharoitida 15,8 km/l natija qayd etadi. Trassada bu ko‘rsatkich 12,9 km/l, aralash rejimda esa 18,1 km/l ni tashkil qiladi. Bu esa uni kundalik tashish va xizmat ko‘rsatish faoliyati uchun maqbul variantga aylantiradi.

Foto: Chevrolet

Ishlab chiqaruvchi tomonidan 3 yil yoki 60 ming km kafolat beriladi. Bundan tashqari, kuzov uchun 5 yilgacha korroziyaga qarshi himoya kafolati mavjud.

Avtomobil faqat ikki xil rangda taklif etiladi: oq va kumushrang. Interyer dizayni barcha variantlarda bir xil bo‘lib, asosiy e’tibor funksionallikka qaratilgan.

Foto: Chevrolet

Narx:

Meksika bozorida Tornado Van 2026 narxi 307 400 – 310 900 peso atrofida belgilangan. Bu esa taxminan $18 ming – $19 mingni tashkil etadi.

O‘zbekistondagi narxlar:

ModelKomplektatsiyaNarx (so‘m)Narx (dollar)
Damas Max Van1.2 LV0134 439 000 $11 ming
Damas Max Van1.5 LV0142 471 000 $11,6 ming
Damas Move Pas1.2 LV0139 675 000 $11,4 ming
Damas Move Pas1.2 LV1144 563 000 $11,8 ming
Damas Move Pas1.5 LV0149 011 000 $12,2 ming
Damas Move Pas1.5 LV1154 128 000 $12,6 ming

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri yangi Chevrolet Damas Xitoy originali bilan solishtirilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek