
AQShda yangi INFINITI QX65 2027 modeli rasman taqdim etildi. Krossover sport fastbek uslubida ishlab chiqilgan. Model 2026-yil yoz boshida sotuvga chiqadi. Boshlang‘ich narxi $53,9 ming etib belgilangan.
Yangi QX65 dizayni «harakatdagi san’at» falsafasiga asoslangan. Tom qismi egri chiziqli bo‘lib, avtomobilga sport ko‘rinish beradi. Old qismida katta radiator panjarasi va o‘ziga xos LED faralar mavjud. Orqa chiroqlar esa butun kenglik bo‘ylab cho‘zilgan.

Model uchun Sunfire Red rang taklif etilgan. U uch qatlamli bo‘yoq va oltin zarrachalar bilan ajralib turadi. Salon premium darajada ishlab chiqilgan. Ichki qismda yuqori sifatli materiallar qo‘llangan. Avtomobil ikki dona 12,3 dyuymli ekran bilan jihozlangan. Ulardan biri panel, ikkinchisi multimedia uchun xizmat qiladi.
Tizimda Google servislar integratsiyasi mavjud. Apple CarPlay va Android Auto ham simsiz ishlaydi. Audio tizimi Klipsch tomonidan ishlab chiqilgan. U individual sozlanadigan tovush rejimlarini qo‘llab-quvvatlaydi. QX65 VC-Turbo dvigateli bilan jihozlangan. Bu o‘zgaruvchan siqilish darajasiga ega innovatsion motor hisoblanadi.

Dvigatel 9 pog‘onali avtomat uzatma bilan ishlaydi. To‘liq yurish tizimi esa har qanday yo‘lda barqarorlikni ta’minlaydi. Modelda haydovchiga yordam beruvchi ko‘plab tizimlar mavjud. Ayrim versiyalarda ProPILOT Assist 2.1 tizimi ham bor. Bu tizim ayrim sharoitlarda avtomobilni yarim avtonom boshqarish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Changan Deepal G318 avtomobili sotuvga chiqqani haqida yozgan edi.