Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ning oy o‘yinchisi nomiga nomzod

28-mart 2026 09:32 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir
Abduqodir Husanov / Foto: mancity.com

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov «Manchester Siti» klubining mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi nomiga nomzodlar qatoridan joy oldi. G‘olib muxlislar ovoz berishi orqali 1-aprelga qadar aniqlanadi.

Foto: mancity.com

Klubning rasmiy platformasida ma’lum qilinishicha, mukofot uchun jami 3 ta nomzod ko‘rsatilgan: Husanov, Jeremi Doku va Rodri. Ovoz berish jarayonida qatnashish uchun ishqibozlar klub saytida ro‘yxatdan o‘tishlari talab etiladi.

22 yoshli o‘zbekistonlik himoyachi mart oyida «Manchester Siti» safida Angliya kubogi, Yevropa chempionlar ligasi va Angliya Premyer-ligasida jami 6 ta o‘yinda maydonga tushdi. Shuningdek, 22-matn kuni Angliya liga kubogi finalida «Arsenal»ga qarshi 90 daqiqa harakat qildi va «shaharliklar» tarkibidagi dastlabki sovrinini qo‘lga kiritdi.

Husanov mart oyi davomida u Yevropaning yetakchi hujumchilarini muvaffaqiyatli to‘xtata oldi. Eslatib o‘tamiz, futbolchi bungacha 2025-yilning fevral va 2026-yilning yanvar oylarida klubning eng yaxshi o‘yinchisi deb topilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Abduqodir Husanov Toshkentga yetib kelgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek