
Namangan viloyati Chust tumanida soliq tizimida pora bilan bog‘liq jinoiy holat aniqlandi. Bu haqda DXX matbuot xizmati ma’lum qildi.
Davlat xavfsizlik xizmatininChustda soliq tizimidagi korrupsion holat fosh etildig Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorligidagi tezkor tadbirda Chust tumanida yashovchi, 1992-yilda tug‘ilgan ayol qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, u savdo sohasida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat ish yurituvchisining ishonchiga kirib, korxonaning 376,6 mln so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini tanishlari orqali bartaraf qilib berishni va’da qilgan. Ushbu xizmat evaziga u 20 mln so‘m pul olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur noqonuniy holatga Chust tumani soliq inspeksiyasining bosh inspektori ham aloqador ekani aniqlandi. Hozirda ushbu holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryoda 2 nafar MIB xodimi pora bilan ushlangan edi.