Epshteyn qurbonlariga 72,5 million dollar to‘lab beriladi

eʼlon qilindi
Da’vo tomonlarning o‘zaro kelishuvi orqali hal qilindi
Epshteyn qurbonlariga 72,5 million dollar to‘lab beriladi / Foto: CoinDesk

Bank of America Epshteyn qurbonlariga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik holatlarida yordam berishda ayblanib sudga tortilgan edi. Da’vo yakuni sifatida bank ayollarga $72,5 mln to‘lab berib, ishni tinch yo‘l bilan hal qilishga erishdi, deya xabar bermoqda Reuters agentligi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ayollar bankni Jeffri Epshteyn tomonidan qilingan jinsiy zo‘ravonlikka yordam berishda ayblagan. Bank of America va da’vogarlar advokatlari Manhattan shahridagi sudga kelishuvga erishganini xabar qilgan, ammo shartlari dastlab oshkor qilinmagan.

Gap shundaki, da’vo Jane Doe taxallusi ostidagi ayol tomonidan oktyabr oyida berilgan bo‘lib, bank Epshteyn bilan bog‘liq shubhali moliyaviy tranzaksiyalarni e’tiborsiz qoldirgani aytilgan. Bank esa faqat odatiy xizmat ko‘rsatganini bildirgan.

Bank of America vakili bayonotida, bank jinsiy savdo jinoyatlarida vositachilik qilmaganini ta’kidlagan va kelishuv masalani yakunlashga va da’vogarlar uchun moliyaviy yechim taqdim etishga rozi bo’lgan.

Da’vogarlar advokatlari kelishuv mijozlar uchun eng maqbul yechim ekanini aytdi. Sud hujjatlariga ko‘ra, advokatlar kelishuvdan 30% gacha, ya’ni taxminan $21,8 mln miqdoridagi pulni huquqiy to‘lov sifatida olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, kelishuv hali sudya Jed Rakoff tomonidan tasdiqlanishi lozim. Sudya kelishuvni ko‘rib chiqish uchun shu yilning 2-aprel kuniga sud majlisi belgiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epshteyn qurbonlari Tramp ma’muriyati va Google kompaniyasini sudga bergan edi.

Shuningdek