FBI direktorining shaxsiy elektron pochtasi xakerlar hujumiga uchradi

AQSh Federal tergov byurosi (FBI) direktori Kash Patelning shaxsiy elektron pochtasi xakerlar tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lum qildi.
Eron hukumati bilan bog‘liq Handala nomli xakerlik guruhi Patelning shaxsiy G-mail hisobiga hujum qilganini e’lon qildi. Guruh veb-saytida Patelning yoshroq ko‘rinishdagi fotosuratlari va shaxsiy elektron pochta fayllarining havolasi joylashtirilgan.
FBI vakili TechCrunch’ga bergan bayonotiga ko‘ra, hujum eski ma’lumotlarni qamrab olgan va hukumat sirlariga taalluqli emas. Shu bilan birga, agentlik bu turdagi xakerlik harakatlariga qarshi xavflarni kamaytirish bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rganini bildirgan.
TechCrunch tomonidan xakerlar oshkor qilgan elektron pochtalar tekshirildi va ularning kamida ba’zilari Patelning Gmail hisobidan yuborilganligi tasdiqlandi. Bundan tashqari, 2014-yilda Patel sobiq Adliya vazirligi (DOJ) elektron pochta hisobidan G-mail hisobiga xatlar yuborgan, ularning ham haqiqiyligi bilan tasdiqlangan. Oshkor qilingan fayllar 2019-yilgacha bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Hydra Saiga xakerlar guruhi O‘zbekiston davlat idoralariga kiberhujum qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida yozgan edik.