Ford Transit oilasi kengaydi: yangi elektr furgon Transit City taqdim etildi

29-mart 2026 17:43 eʼlon qilindi

Hafiza Muxtorova

Hafiza Muxtorova

Jurnalist h.muxtorova@kursiv.media
Ford Transit oilasi kengaydi: yangi elektr furgon Transit City taqdim etildi / Foto: Ford

Ford kompaniyasi shahar logistikasiga, kuryer xizmatlari va servis kompaniyalariga mo‘ljallangan yangi elektr furgon Transit City’ni taqdim etdi. Bu haqda Notebookcheck ma’lum qildi.

Yangi model ikki versiyada mavjud bo‘lib, bir tonnagacha bo‘lgan segmentda ilk bor bir kabinali shassi variantida chiqarildi. Katta L2H2 modifikatsiyada avtomobil 1275 kg gacha yuk tashiy oladi, korpus hajmi taxminan 8 kubometr va uzunligi uch metrdan ortiq. Kichikroq L1H1 versiyasi uchta Yevropoddonni tashishga mo‘ljallangan.

Transit City 150 ot kuchiga ega elektromotor va 56 kVt/soat sig‘imli LFP batareya bilan jihozlangan. Ford baholashicha, e’lon qilingan yurish masofasi 254 km bo‘lib, bu shu sinf avtomobillari uchun o‘rtacha kunlik masofadan ikki baravar ko‘pdir.

Korporativ parklarda tungi zaryadlashga alohida e’tibor qaratilgan. Standart 11 kVt ichki zaryadlash qurilmasi batareyani to‘liq 4,5 soat ichida to‘ldirish imkonini beradi. Zarurat bo‘lganda yo‘l bo‘yicha tez zaryadlash quvvati 87 kVt gacha bo‘lib, batareyani 10% dan 80% gacha 33 daqiqada to‘ldirish mumkin.

Modelning asosiy jihozlariga o‘rindiqlarni isitish, 12 dyuymli ekran va simsiz Apple CarPlay hamda Android Auto qo‘llab-quvvatlash kiradi. Servis intervallari ikki yil yoki 40 000 km gacha uzaytirilgan. Batareya esa sakkiz yillik kafolat bilan ta’minlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ford 250 mingdan ortiq yo‘ltanlamaslarini chaqirib olishi haqida yozgan edik.

Shuningdek