Husanovning ilk sovrini, 100 dollarda Tramp imzosi paydo bo‘ladi, Kolumbiyada yirik aviahalokat — haftaning muhim yangiliklari dayjesi


100 dollarlik banknotalarda Trampning imzosi paydo bo‘ladi
Shu yilning iyunidan boshlab 100 dollarlik banknotalarda AQSh prezidenti Donald Trampning imzosi paydo bo‘ladi. Bu amaldagi prezidentning amerika puliga imzo qo‘yishi bo‘yicha birinchi holatga aylanadi, deya yozmoqda Reuters agentligi.

O‘zbekistonda daraxt ekkanlar uchun «metsenat» unvoni joriy etildi
O‘zbekistonda ekologiyani yaxshilash va «Yashil makon» umummilliy loyihasini rivojlantirish maqsadida yangi farmon qabul qilindi. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.

Toshkentda Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochildi — foto
Tojikiston Respublikasi prezidentining davlat tashrifi doirasida Toshkent shahrida Tojikiston elchixonasining yangi binosi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik Kengashi yig‘ilishiga taklif qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevni Tinchlik Kengashi yig‘ilishiga taklif qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonlik 11 yoshli Yasmina Britain’s Got Talent’da hakamlar e’tiboriga tushdi — video
O‘zbekistonlik 11 yoshli Yasmina Husniddinova ilk bor Britain’s Got Talent sahnasida ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

FBI direktorining shaxsiy elektron pochtasi xakerlar hujumiga uchradi
AQSh Federal tergov byurosi (FBI) direktori Kash Patelning shaxsiy elektron pochtasi xakerlar tomonidan hujumga uchradi. Bu haqda TechCrunch nashri ma’lum qildi.

«10 ming qadam piyoda» loyihasi qayta ishga tushiriladi
Shavkat Mirziyoyevga taqdim etilgan «Ekomadaniyat» umummilliy loyihasi doirasida ekologik ta’lim, ilm-fan va targ‘ibotni yagona tizimga birlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Kolumbiyada harbiy samolyot qulashi oqibatida 66 kishi halok bo‘ldi
23-mart kuni Kolumbiyaning Peru bilan chegaradosh Puerto-Legizamo hududida harbiy transport samolyoti parvoz vaqtida halokatga uchradi. Oqibatda 66 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Abduqodir Husanov Angliyada ilk sovrinini qo‘lga kiritdi
22-mart kuni Londondagi «Uembli» stadionida Angliya Liga kubogi finali bo‘lib o‘tdi. Unda «Manchester Sity» jamoasi «Arsenal» ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Abduqodir Husanov asosiy tarkibda maydonga tushdi va o‘yinni to‘liq o‘tkazdi.