«Qirollarga o‘rin yo‘q!»: AQSh bo‘ylab Tramp siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

AQSh bo‘ylab yuzlab shaharda prezident Donald Trampning siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazildi. Bu haqda Reuters agentligi ma’lum qildi.

Mamlakat bo‘ylab 3,2 mingdan ortiq tadbir rejalashtirilgan bo‘lib, ularda Trampning immigratsiya siyosati, Eron bilan urush va boshqa siyosiy qarorlari tanqid qilindi.

Nyu York, Dallas, Filadelfiya va Vashington shaharlarida katta mitinglar bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, tadbirlarning uchdan ikki qismi yirik shaharlardan tashqarida – kichik jamoalarda o‘tkazildi.

New Yorkda o‘n minglab ishtirokchilar Midtown Manhettenda ko‘chalarga chiqdi. Vashingtondagi National Mallda ishtirokchilar pro-demokratiya shiorlarini aytib, anti-Tramp plakatlari ko‘tarishdi.

Dallas va Los Angelesda esa «No Kings» ishtirokchilari va qarshi protest guruhlari o‘rtasida kichik to‘qnashuvlar yuz berdi. Dallas politsiyasi bir nechta shaxsni hibsga oldi, Los-Angelesda esa federal bino atrofida 1 ming kishi bilan yuzaga kelgan tartibsizliklar sababli ikki kishi hibsga olindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Epshteyn qurbonlari Tramp ma’muriyati va Google kompaniyasini sudga bergan edi.