
Samsung Galaxy S26 Ultra flagman smartfonidagi Privacy Display funksiyasi ishlashida muammolar kuzatila boshladi. Bu haqda Sammobile nashri ma’lum qildi.
Privacy Display texnologiyasi ekran ko‘rinish burchaklarini cheklash orqali atrofdagilarning displey mazmunini ko‘ra olmasligini ta’minlaydi va bu funksiyani flagman modelining yangi imkoniyatlaridan biri sifatida taqdim etgan edi. Shu bilan birga, smartfon foydalanuvchilari funksiyani yoqqanda ekrandagi tasvir hali-hanuz aniq ko‘rinishini payqashgan.
Bundan tashqari, ba’zi foydalanuvchilar funksiyani o‘chirgan holatda ham ekran yon, yuqori yoki past burchakdan qaralganda tasvir biroz so‘nib, ranglar aniq ko‘rinmayotganini sezishgan. Bu holat foydalanuvchilarda displey sifatiga bog‘liq xavotirlarni keltirib chiqargan.
TechRadar so‘roviga javoban Samsung kompaniyasi Privacy Display funksiyasi foydalanuvchining maxfiyligini oddiy ishlatish holatlarida himoya qilish maqsadida ishlab chiqilganini bildirgan. Kompaniya ba’zi burchaklar va maksimal yorqinlikda tasvirdagi kichik farqlar bo‘lishi mumkinligini tan olgan, ammo ularning smartfonni kundalik ishlatishda ta’siri sezilmasligini ta’kidlagan.
Hozircha Samsung funksiyani takomillashtirish bo‘yicha hech qanday choralarni e’lon qilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung Galaxy A56 smartfoni qanday kamchiliklarga ega ekanligi haqida yozgan edik.