Yangiliklar

Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi

64 yoshida
Taniqli jurnalist Karim Bahriyev vafot etdi / Foto: Facebook

Taniqli jurnalist, tarjimon, yozuvchi, sobiq deputat Karim Bahriyev 64 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi ma’lum qildi.

Karim Hakimovich Bahriyev 1962-yilning 15-iyulda Samarqand viloyatining Urgut tumanidagi Gʻoʻs qishlogʻida tugʻilgan. U 1979-yilda Urgutdagi 8-maktabni oltin medal bilan tugatgan va keyinchalik Samarqand davlat universiteti Rus filologiyasi fakultetida tahsil olgan. 1985-yilda Moskva davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Shuningdek, u O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Jamoatchilik kengashi raisi, mamlakat Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, „Oltin meros“ xalqaro xayriya jamg‘armasi „Meros-nyus“ axborot xizmati rahbari va O‘zbekiston Respublikasi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida media huquqi va etikasi fani muallimi sifatida ishlagan.

Karim Bahriyev ko‘plab ilmiy va ommabop kitoblar muallifi bo‘lgan, shuningdek, jahon va milliy adabiyotlardan turli asarlarni tarjima qilgan. Uning tarjimalari va ilmiy ishlari keng nashr qilingan. Faoliyati davomida bir necha davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. 1992, 2006, 2011-yillarda „Mustaqillik“ koʻkrak nishonlari, 2021-yilda esa „Mustaqillikning 30 yilligi“ koʻkrak nishoni shular jumlasidandir.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq „Dizayn“ jamoasi a’zosi Dilshodbek Musabekov vafoti haqida xabar bergan edik.