
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida yer maydonlarini sotish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura departamenti ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan dastlabki tekshiruvda fuqaro «Navbahor» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida issiqxona qurish uchun ajratilgan 30 sotix yer maydonining bir qismini firibgarlik yo‘li bilan ikki nafar fuqaroga sotgan.
Aniqlanishicha, mazkur shaxs 7 sotix yer maydonini bir fuqaroga va 4 sotixini boshqa fuqaroga sotishini va’da qilib, umumiy qiymati $9 ming va 55 mln so‘m bo‘lgan mablag‘ni noqonuniy ravishda qo‘lga kiritgan.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda barcha zarur tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Surxondaryoda yer maydonini sotish bilan bog‘liq firibgarlik aniqlangan edi.