
31-mart kuni O‘zbekistonda havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kunduzi harorat 15–30° iliq, kechasi 5–17° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq shaklida kuzatilishi mumkin.
Quyida ob-havo ma’lumoti viloyatlar kesimida:
| Hudud | Kunduzgi harorat (°C) | Kechki harorat (°C) | Yog‘ingarchilik |
|---|---|---|---|
| Toshkent shahri | 27-29 | 13-15 | Yo‘q |
| Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati | 22-27 | 10-15 | Kun ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Buxoro va Navoiy viloyatlari | 25-30 | 12-17 | Kun ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq |
| Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari | 25-30 | 12-17 | Kun ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir, momaqaldiroq, ba’zi joylarda tuman |
| Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari | 25-30 | 12-17 | Yo‘q, ayrim joylarda chang-to‘zon |
| Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari | 23-28 | 12-17 | Yo‘q |
| Tog‘ oldi va tog‘li hududlar | 15-20 | 5-10 | Ba’zi joylarda yomg‘ir, momaqaldiroq, sel-suv toshqinlari |
Eslatib o‘tamiz, 31-mart hamda 2–6-aprel kunlari kutilayotgan yog‘ingarchiliklar sabab qator viloyatlarning tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.