Avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar savdosi 7,6 trln so‘mga yetdi

30-mart 2026 08:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar savdosi 7,6 trln so‘mga yetdi
Foto: Kursiv Uzbekistan

2026-yil yanvarda avtotransport vositalari va ehtiyot qismlar savdosi 7,6 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,8 trln so‘mga oshganini ko‘rsatadi. O‘sish 31,9 foizni tashkil etdi. So‘nggi yillarda bozorda keskin o‘zgarishlar kuzatilgan. 2023-yilda savdo hajmi 3,9 trln so‘m bo‘lgan. 2024-yilda u 7,1 trln so‘mga chiqdi. 2025-yilda esa 5,7 trln so‘mga tushdi.

Avvalroq ko‘chmas mulk va avtotransport savdosida yangi tartib joriy etilishi haqida yozgan edik. Yangi tartibga ko‘ra, ko‘chmas mulk obyektlari, shuningdek, ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan M, N, O va G toifasidagi avtotransport vositalari savdosi bo‘yicha hisob-kitoblar eskrou hisobvarag‘i orqali amalga oshiriladi.

Yangi tizim bank, notarius va shartnoma taraflariga nisbatan tatbiq etiladi. Taraflar o‘rtasidagi kelishuv belgilangan shakl asosida rasmiylashtiriladi. Adliya vazirligi va Markaziy bank Nizom talablarining ijrosi ustidan monitoring olib boradi.

«Kursiv» fevralda avtomobil savdosi 6,4 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek