Bolgariyada yuk mashinasi haydovchilari uchun 3 ming yevrolik ish taklif etilmoqda

eʼlon qilindi
1 yildan 3 yilgacha muddatga rasmiy mehnat shartnomasi tuziladi
Foto: Flickr

Bolgariyada yuk mashinasi haydovchilari uchun yangi ish o‘rinlari e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unga ko‘ra, ishga joylashtirishni Youth Globe Xususiy Bandlik Agentligi amalga oshiradi. Ish beruvchi sifatida Countryside BG LTD kompaniyasi ko‘rsatilgan.

Nomzodlar bilan 1 yildan 3 yilgacha muddatga rasmiy mehnat shartnomasi tuziladi. Oylik ish haqi 3 ming yevrodan (sof) boshlanadi, sinov muddati esa 1 oy etib belgilangan. Amaliy imtihon 12-aprel kuni o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ishga qabul qilinish uchun nomzodlardan C+E toifali haydovchilik guvohnomasi, pasport nusxasi hamda sudlanmaganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma talab etiladi.

Shuningdek, haydovchilar zamonaviy va xavfsizlik talablariga javob beradigan yuk avtomobillarida ishlaydi. Mehnat shartnomasi sug‘urta bilan birga rasmiy tarzda tuziladi.

Avvalroq «Kursiv» nashri Polshada 3,6 mingdan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassisga talab borligi ma’lum bo‘lgani haqida yozgandi.

Shuningdek