Chevrolet Equinox avtomobiliga qanday imkoniyatlar qo‘shiladi

30-mart 2026 10:38 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Chevrolet Equinox avtomobili qanday imkoniyat bilan yangilanadi
Foto: Chevrolet

Chevrolet 2027-yildan boshlab Equinox modelida muhim o‘zgarish qiladi. Motor1 portalining yozishicha, kompaniya old g‘ildirakdan tortuvchi versiyalarda CVT uzatmalar qutisidan voz kechadi.

CVT o‘rniga 8 pog‘onali klassik avtomat uzatmalar qutisi o‘rnatiladi. Bu ma’lumotni kompaniya rasmiy vakili tasdiqladi. Chevrolet’ga ko‘ra, bu qaror model qatorini soddalashtirishga xizmat qiladi. Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonidagi murakkablikni kamaytiradi.

Hozirgi 2026-yilgi Equinox’da 1,5 litrli turbo dvigatel CVT bilan ishlaydi. U 175 ot kuchi va 203 Nm moment beradi. Oddiy avtomat uzatma esa faqat to‘liq tortuvli versiyada mavjud bo‘lib, narxni oshiradi. 2027-yilgi modelda yana kichik yangilanishlar ham bo‘ladi. Masalan, yangi rang — Autumn Harvest Metallic joriy etiladi. Cacti Green esa ishlab chiqarishdan olinadi.

Foto: Chevrolet

RS versiyasida salon dizayni ham yangilanadi. Qizil rangli elementlar yagona uslubda bo‘ladi. Shuningdek, xavfsizlik va texnologiya paketiga yangi kamera tizimi qo‘shilishi kutilmoqda. Hozirgi Equinox narxi AQSh bozorida $30,7 mingdan boshlanadi. 2027-yilgi model narxi biroz oshishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri 2027-yilgi Chevrolet Equinox saloni dizayni yangilanishi haqida yozgan edi.

Shuningdek