Daraxt ekishga 100 million so‘m hadya qilganlarga “Ekohamkor” maqomi beriladi

eʼlon qilindi
Kamikida 1 mingta daraxt ko‘chatlarini ekishni tashkil qilganlarga ham
Kambag‘al oilalarga o‘rmon fondi yerlarida ekilgan daraxtlar uchun subsidiyalar ajratiladi
Daraxt ekishga 100 million so‘m hadya qilganlarga «Ekohamkor» maqomi beriladi / Foto: Ekologiya vazirligi

Ekologiya qo‘mitasi «Yashil makon» umum milliy loyihasida faol ishtirok etayotgan shaxslar va tadbirkorlarni rag‘batlantirish tartibini belgiladi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Shu jumladan, kamida 100 ta daraxt ko‘chatlarini ekkan shaxs yoki «Yashil xayriya jamg‘armasi» platformasiga kamida 10 mln so‘m xayriya qilgan fuqaroga «Ekofaol fuqaro» maqomi beriladi. Bu maqom loyihada faol ishtirok etayotgan shaxslarni rag‘batlantirish va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan.

Kamikida 1 mingta daraxt ko‘chatlarini ekishni tashkil qilgan yoki platformaga kamida 100 mln so‘m hissa qo‘shgan tadbirkorlarga «Ekohamkor» maqomi beriladi. Shu bilan birga, tadbirkorlarga ushbu maqomdan faoliyatini reklama qilishda foydalanish huquqi beriladi. Biroq, Ekologiya qo‘mitasi tasdiqlamagan holda eko-faoliyat va eko-aksiyalarni reklama qilish reklama qonunchiligini buzish hisoblanadi va qonunda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Shuningdek, kamida 50 ming daraxt ko‘chatlari ekilishini ta’minlagan yoki platformaga kamida 5 mlrd so‘m hissa qo‘shgan shaxslarga mecenat maqomi beriladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida kamida 5 ta yashil bog‘ va yashil jamoat parkini barpo qilgan shaxslar esa «Kelajak bunyodkori» davlat mukofotini olish bo‘yicha taklif kiritishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq har bir hududda botanika va dendrologiya bog‘lari tashkil qilingani haqida xabar qilgan edik.

Shuningdek